Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Respublikamizda kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida
    28.04.2020

    Joriy yilning 27 aprel kuni respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, ob-havoni keskin yomonlashuvi natijasida telekommunikatsiya tarmoqlarida mobil aloqa baza stansiyalari va antenna-machta inshootlarini shikastlanishi kabi holatlari qayd etildi.

    Ayniqsa, Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida tabiiy ofatdan telekommunikatsiya tarmoqlarida sezilarli darajada talofatlar yetkazildi.

    Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu xududlardagi telekommunikatsiya tarmoqlarida tabiiy ofat oqibatlarini qisqa muddatlarda bartaraf etilishi tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zaxira kuchlarini xududlarga safarbar etdi.

    Ayni vaqtda tabiiy ofat oqibatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

    Ushbu davrda foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishida to‘xtalishlar va uzilishlar kuzatiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati