Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "COVID-19 Challenge 2020" tanloviga 600ta ariza topshirildi
    22.04.2020

    Koronavirus pandemiyasining ta'sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun "COVID-19 Challenge 2020" onlayn tanlovida ishtirok etish uchun ikki hafta ichida jami 600ta ariza topshirildi. Ulardan 285 tasi rus tilida, 315 tasi oʻzbek tilida.

    "COVID-19 Challenge 2020" — COVID-19 pandemiyasining ta'sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo'lib, unda O'zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

    Tanlovning tashkilotchilari: BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT-Park, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion Rivojlanish Vazirligi qoshidagi Yoshlar Akademiyasi, Bandlik va mehnat vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, “Raqamli ishonch” jamg‘armasi, Jahon Banki va Yevropada Xavsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi.

    Tanlovga arizalar 7-apreldan 20-aprelgacha qabul qilindi. Arizalarni ko'rib chiqish va onlayn suhbat 24-aprel kuni o‘tkaziladi. Tanlangan loyihalarni sinovdan o'tkazish va e'lon qilish esa 30-aprel kuniga mo‘ljallangan.

    Qiziqadigan shaxslar va kompaniyalar ro'yxatdan o'tish va taklif etilayotgan texnologik yechim g'oyasini onlayn shaklni to'ldirish orqali taqdim etishlari so’raladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar ko'rib chiqiladi. Muvaffaqiyatli g’oya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Kamida 5 ta tanlangan loyihani sinovdan o'tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 ming AQSh dollarigacha bo'lgan moliyaviy mablag’ bilan taminlanadi. Tanlangan loyihalar boshqa platformalarda ham keng namoyish etiladi.

    Arizalar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan:

    1. Sogʻliqni saqlash — 123 ta;
    2. Yordamga muhtoj aholiga koʻmaklashish — 48 ta;
    3. Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash — 130 ta;
    4. Jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash — 21 ta;
    5. Taʼlim — 136 ta;
    6. Xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash — 32 ta;
    7. Hordiq — 35 ta;
    8. Qolgan barchasi — 75 ta;

    Batafsil ma‘lumot olish uchun tanlovning veb-saytiga kiring: http://covid-19challenge.it-park.uz/


     

    Manba: Axborot xizmati