Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Beeline bepul ta'lim axborot manbalari ro‘yxatini boyitdi
    18.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.


    Xususan, respublikamizda koronavirus (COVID-19) bo‘yicha karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab Beeline kompaniyasi tomonidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uydan bemalol fanlarni o‘zlashtirish uchun  quyidagi ta’lim manbalarining veb-saytlarga bepul kirishni (dostupni) ta’minlab berdi:

    • Xalq ta‘limi vazirligi rasmiy veb-saytiwww.uzedu.uz;
    • Xalq ta‘limi vazirligi axborot-ta‘lim portali www.eduportal.uz;
    • Mahalliy va xorijiy adabiyotlarning electron va audiokitoblarni jamlagan Respublika bolalar electron kutubxonasi www.kitob.uz;
    • Elektron ta‘lim ilovanong axborot sayti www.edumarket.uz;
    • Masofaviy onlayn ta‘lim uchun electron platformasi www.online-maktab.uz;
    • Ta‘lim videoportali — www.utube.uz;
    • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-sayti www.itschool.uz.


    17 apreldan boshlab esa Beeline kompaniyasi bepul ta'lim axborot manbalari ro‘yhatini boyitdi. Endigina Beeline kompaniyasi abonentlari quyidagi manbalardan ham  bemalol foydalanishlari mumkin:

    • O‘quv fanlari bo‘yicha videodarslar — https://tube.edu.uz;
    • O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining electron ta‘lim platformalari — https://dist.edu.uz va https://mt.edu.uz;
    • Bosh ilmiy-metodik markazi veb-portalining manbalari: oliy va o‘rta maxsus ta‘lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning electron portfolio tizimi (https://pf.bimm.uz), elektron kutubxonasi (https://lib.bimm.uz) va monitoring electron tizimi (https://mt.bimm.uz).

       

    Manba: Axborot xizmati