Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mehribonlik uylariga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi
    17.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Xususan, respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shunday tadbirlardan yana biri, Respublikamizdagi 34 ta mehribonlik uylari, bolalar uylari, bolalar shaharchalari hamda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami sifatida himoya niqoblari va sanitariya-gigiyena vositalari beg‘araz yetkazib berildi.

    Insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turga yaqin himoya niqoblari va sanitariya-gigiyena vositalarini jamlagan.

    Manba: Axborot xizmati