Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Beeline aprel oxirigacha Beeline TV 60 dan ortiq kanallarga bepul kirish xizmati muddatini uzaytirdi
    17.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, o‘z abonentlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Beeline kompaniyasi aprel oyining oxiriga qadar Beeline TV-dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish xizmatin muddatini aprel oxiriga qadar uzaytirdi.

    Eslatib  o‘tamiz Beeline kompaniyasi 19 mart kunidan boshlab 2020 yilning 15 apreligacha barcha foydalanuvchilar uchun Beeline TV ilovasida 60 dan ortiq kanallarni bepul ko'rish imkoniyatini berdi.

    Manba: Axborot xizmati