Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Beeline "Shifokor" tarif rejasi doirasida bonuslarni taqdim etdi
    12.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, Beeline kompaniyasi shu sinovli kunlarda hayoti va sog'lig'i havf ostida bo'lishiga qaramay kechayu kunduz Vatanimiz ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilayotgan va pandemiyaga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga kompaniya nomidan o‘z minnatdorchiligini izhor etib, maxsus "Shifokor" tarif rejasi doirasida yangi bonuslarni tadim etmoqda.

    Tibbiyot xodimlari — Beeline abonentlari uchun 2020 yilning 10 maygacha 5 ming daqiqa va 5 ming megabayt bepul taqdim etiladi! Mazkur tarif rejasiga ulanish uchun tibbiyot sohasidagi ishchilar kompaniyaning ofislarida tashrif buyurib, kompaniyaning tartib-qoidalariga muvofiq shaxsni va tibbiy sohaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etilishlari mumkin.

    Batafsil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havola orqal o‘ting: https://beeline.uz/ru/products/tariffs/shifokor_prepaid

    Manba: Axborot xizmati