Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda LTE (4G) tezligi sezilarli darajada oshirildi
    08.04.2020

    "O‘zbektelekom" AKning "UzMobile" filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE Internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi.

    Mobil Internet har qanday vaziyatda tengi yo‘q yordamchi hisoblanadi. Ishga oid muammolarni hal qilish, muhim ma’lumotlarni tez va darhol olish kerak bo‘lganda, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida Internet tezligi muhim rol o‘ynaydi. Mobil Internet tezligi va ishonchliligi tufayli biz doimo aloqada bo‘lamiz va kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egamiz.

    Shu sabab kompaniya texnik jamoasi karantin davrida ham, barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirmoqda.

    Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - barcha mavjud 2G/3G baza stansiyalarini LTE (4G) standartiga o‘tkazish, bu esa o‘z navbatida UZMOBILE abonentlari uchun keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tezligini va imkoniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, shubhasiz, karantin davrida aholi uchun juda muhimdir.

    Shuningdek, yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Pskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi. Ta’kidlash joizki, tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida ishlar rejalashtirilgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati