Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Gibrid pochta" aloqasidan foydalanish davr talabi!
    03.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    "O'zbekiston pochtasi" AJ mijozlarga xizmat turlarini kengaytirish, ularning sifatini muntazam oshirib bormoqda.

    Bugungi kunda "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan "Gibrid pochta" xizmati tashkilotlar uchun bir qator afzalliklarni yaratib bermoqda.

    "Gibrid pochta" xizmati bu - zamonaviy AKT tizimlari imkoniyatlaridan unumli foydalanilgan holda, elektron tarzda qabul qilingan ma’lumotlarni buyurtmali yoki oddiy xat-xabarlar shaklida pochta aloqasi yordamida qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazib berish xizmati hisoblanadi.

    "Gibrid pochta"  xizmati maxsus tizim bazasiga kelib tushgan ma'lumotlar respublikamizning tumanlarida joylashgan pochta aloqasi tarmoqlarida qog‘oz ko‘rinishida chop etiladi, konvertlanadi va yetkazib beriladi. Jo'natma taqdim etilgandan so'ng holati bo’yicha elektron tarzda tasdiqlovchi ma'lumot beriladi.

    Jo'natmalar o'z vaqtida, ishonchli yetkazib berilishi doimiy nazorat qilib boriladi. Har bir jo‘natmaning holati to‘g‘risida biriktirilgan shtrix-kod orqali maxsus dasturdan ma'lumot olish imkoniyati mavjud.

    Hozirgi kunda mazkur xizmat orqali O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi hujjatlari, Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasining jarima xabarnomalari, Prokuratura huzuridagi Toshkent shahar Majburiy ijro byurosining xabarnomalari va boshqa shu kabi jo’natmalar yetkazib berilmoqda.

    Vazirlik barcha davlat idoralari va boshqa tashkilotlarga "O'zbekiston pochtasi" AJning "Gibrid pochta" xizmatidan foydalanishni tavsiya etadi.

    Manba: Axborot xizmati