Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UCELL™ operatoridan karantin vaqtida yangi aksiya!
    02.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, UCELL™ kompaniyasi o‘z abonentlariga qulay imkoniyat beradigan va istalgan vaqtda aloqada bo‘lishi uchun yordam beradigan xizmatlarni joriy etdi. Ushbu xizmatlar 1-apreldan boshlab "Mobil o‘tkazma" va "Internet o‘tkazma" xizmatlari narxi 0 ga teng bo‘ldi, ya’ni abonentlar o‘z yaqinlarining mobil hisobiga pul va internet-trafikni o‘tkazishlari mumkin.

    Bundan tashqari, 27 martdan boshlab #UydaQoling xizmati bilan besh kun davomida bir millionga yaqin Ucell abonentlariga tarmoq ichidagi chiqish qo'ng'iroqlari uchun 1000 daqiqa, O'zbekiston bo'yicha 1000 SMS-xabarlar va 100 megabayt Internet-trafik bepul taqdim etildi. Aksiya O‘zbekiston Respublikasida amal qiladi.

    Shuni alohida takidlash kerak, barcha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari asosiy vazifasini bajarishi, ya’ni jamiyatda kommunikatsiya jarayonlarini ta’minlashi bilan birga, aholiga hozirgi vaziyatda qulay sharoit yaratish uchun amalga oshirayotgan ishlar bilan vazirilk rasmiy saytlarida yoritib boriladi.

    Manba: Axborot xizmati