Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bugun 30 mart kuni onlayn-darslari boshlanadi!
    30.03.2020

    Eslatib o‘tganimizdek, dushanba kuni ertalabdan boshlab sinov tariqasida umumta’lim maktab o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida “onlayn-maktab” loyihasi ishga tushuriladi. 

    Mazkur videodarslar quyidagi telekanallar orqali efirga uzatiladi:

    • “Uzdigital TV” abonentlari uchun: National Geographic (1-4 sinf o‘quvchilari uchun), Eurosport (5-8 sinf o‘quvchilari uchun), Oxota i Ribalka (9-11 sinf o‘quvchilari uchun) telekanallari o‘rniga; 
    • Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlari uchun: National Geographic (1-4 sinf o‘quvchilari uchun), TVS (5-8 sinf o‘quvchilari uchun), Fashion TV (9-11 sinf o‘quvchilari uchun) telekanallari o‘rniga; 
    • Uzoq va borish qiyin aholi punktlarida yashovchi abonentlari uchun — ochiq rejimda bepul asosda tarqatilayotgan 4 ta qo‘shimcha televizion kanallar orqali.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati