Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktab onlayn-ta’limni muvaffaqiyatli ravishda yo‘lga qo‘ydi va onlayn-darslarni o‘tishni boshladi.
Hozirgi kunda Muxammad al-Xorazmiy maktabida jami 4ta fandan – Matematika, Fizika, Robototexnika va Informatika onlayn-darslarni berilishi boshlandi. Ma’ruzalar maktabning tajribali mutaxassis-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Xohlovchilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktab o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan videodarslar to'plamini quyidagi havola orqali ko‘rishi mumkin: itschool.uz/online-darslar.
Manba: Axborot xizmati