Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Navro‘zing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!”
    20.03.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tizimdagi korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarni, qolaversa, barcha yurtdoshlarimizni ona diyorimizga kirib kelayotgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam, ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

    Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaydi.

    Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik tilaymiz.

    Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

    Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin!

    Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

    Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

    Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati