Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM ta’lim va ommaviy axborot vositalari manbalaridan bepul foydalanish imkonini taqdim etadi!
    20.03.2020

    Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “O‘zbektelekom” AK o‘zining simli Internet va mobil aloqa ("O'zMobayl" filiali) abonentlari uchun karantin davrida qator ommaviy axborot vositalari saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanish, shuningdek mobil aloqa abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yagona “1003” qisqa raqamli ishonch telefoniga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda “ZiyoNET” xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi*.

    To‘liq va ishonchli ma’lumot hamda masofaviy ta’lim olish uchun 2020 yil 20 martdan 1 maygacha UZTELECOM abonentlari cheklovsiz va Internet trafik sarf etmagan holda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin:

    Onlayn OAV: 
    http://daryo.uz

    http://gazeta.uz

    http://kun.uz

    http://podrobno.uz

    http://repost.uz

    http://spot.uz

    http://uzreport.news

    http://uznews.uz

    http://xabar.uz
     

    Ta’lim bo‘yicha veb-manbalar:
     

    http://edumarket.uz

    http://eduportal.uz

    http://emis.uzedu.uz

    http://itschool.uz

    http://itsm.uz

    http://kitob.uz

    http://kundalik.com

    http://online-maktab.uz

    http://stat.uzedu.uz

    http://talim.uzedu.uz

    http://uzedu.uz

    http://utube.uz

    Koronavirus tarqalishining interaktiv xaritasi:
     

    http://coronovirus.uz
     

    “1003” qisqa raqami orqali kechayu kunduz faoliyat yuritadigan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroqlar ham mobil aloqa abonentlari uchun doimiy tarzda bepul bo‘ladi.

    Axborot markaziga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savollar, kishining va uning yaqinlari salomatligi holati bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

    Bundan tashqari, “1003” raqami orqali mutaxassislardan “tibbiyot nuqtai nazaridan asosli javoblar va tavsiyalar” olish mumkin.

    “ZiyoNET” xizmati - yoshlarga va o'sib kelayotgan avlodga ta'limga oid manbaalardan foydalanishni tashkillashtirish imkoni beradi. “ZiyoNET” axborot resurslari yagona reestri bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

    UZTELECOM o‘z abonentlari haqida qayg‘uradi!

    * Izoh: bepul foydalanish quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
     

    abonent holati faol bo'lishi kerak;

    bepul kirish ta'minlangan manbalarning IP-manzillari o'zgartirilganda, shuningdek ko'rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo'ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o’zgartirilganda, Abonent tarif rejasiga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to'lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta’minlanmaydi.

    “ZiyoNET” xizmatdan bepul foiydalanish faqatgina GSM standartidagi mobil aloqa abonentlariga taqdim etiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati