Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Huawei kompaniyasi bilan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda
    16.03.2020

    Hozir koronavirusga qarshi  kurashishni nazoratga olish va samarali ish olib borish  va uning oldini olishda zamonoviy   texnologiyalardan foydalanish dolzarb vazifadir. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda koronavirusni oldini olishda AKT-texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida bir qator  kelushuvlar amalga oshirilmoqda.

    Kelishuvlarga ko‘ra Huawei kompaniyasi  tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchib keladigan zalda o‘rnatilgan bir nechta teplovizor kameralarni hamda ratsiya va bodikameralarni taqdim etdi. Yaqin orada Xitoyning yetakchi klinikalar bilan tajriba almashish va koronavirus tarqalishini oldini olishda optimal yo‘lni tanlash maqsadida videokonferens-aloqani o‘rnatish va yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati