Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda hashar o‘zgacha bir shukuh bilan o‘tkazilmoqda! Hasharda AKT vaziri ham ko‘chat ekdi.
    14.03.2020

    Navroʻz ayyomi oldidan 14-15-mart kunlariga belgilangan “Obod yurt“ obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari aksiyasi barcha joylarda boʻlgani kabi Xorazm viloyatida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar. Xorazm viloyatida “Obod yurt“ obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari aksiyasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

    Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida Vazirliklikning   hududiy boshqarmalari, soha xodimlarining   barchasi, hasharda faol ishtirok etdilar.

             Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta  hissa qo'shadi.

    Hashar davomida , soha xodimlarining o‘y-tashvishlari o‘rganilib, jonli muloqot o‘tkazildi, muammoli masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, shu bilan birga sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Shundan  so‘ng xorazmlik soha xodimlari bilan bir piyola choy ustida  diydorlashishdi. Tadbirga sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriy aloqachilar, xotin-qizlar, yoshlar, bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbining ustalari tadbirga taklif qilindi. Unda so‘z olgan Vazir Shuhrat Sodiqov xorazmlik aloqachilarni yaqinlashayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklab, 20 nafardan ziyod soha xodimlariga vazirlikning tashakkurnomasi va sovg‘alarini topshirdi.

    Manba: Axborot xizmati