Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
    13.03.2020

            “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatida Pochta aloqasi ob’ektlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

                Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov ishtirok etdi.

           Ta’kidlanganidek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlarni o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan. 

          Joriy yil sentyabr oyida Yevroosiyo guruhi vakillarining Respublikamizga tashrifi kutilmoqda. Unga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. 

             Seminar doirasida Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning milliy tizimi, pul o‘tkazmalari operatsiyalari nazorati, foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larini saqlanishini ta’minlash, pochta xavfsizligini mustaxkamlash, Ichki nazorat qoidalari talablarining bajarilishini nazorat qilishda Pochta xavfsizligi xodimlarining o‘rni kabi mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

    Manba: Axborot xizmati