IT-Park USAID bilan birga taniqli bolgariyalik ekspert Ivaylo Georgiyevning IT-loyihalarni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash bo'yicha master-klass o'tkazadii. Master-klass 20 mart kuni Amiti universitetida bo'lib o'tadi.
Master-klass bir qator muhim masalalarga bag‘ishlanadi:
Bundan tashqari Ivaylo turli model va freymvorklar — Scrum’dan boshlab to PMBOK gacha haqida gapirib beradi. Agar siz: Product/project menejeri, IT-kompaniyalari asoschisi yoki direktori boʻlsangiz, bu siz uchun qiziqarli boʻladi.
Master-klass ingliz tilida o‘tkaziladi va rus tiliga tarjima qilinadi. Master-klass formati: maʼruza va savol-javob sessiyasi. O‘tkazish sanasi: 2020 yil 20-mart. O‘tkazish vaqti: 9:00 – 15:30. O‘tkazish joyi: Toshkentdagi Amiti Universiteti. Joylar soni cheklangan.
Mazkur master-klassda ishtirok etish uchun, quyidagi havola orqali ro‘yhatdan o‘ting: https://forms.gle/nc8zZHBag4pSAGU8A
Ivaylo Georgiyev – Kanban Universityʼda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchi, Markaziy va Sharqiy Yevropa dasturiy taʼminotining Yevropa institutida dastur rahbari, AgileDigm Inc. kompaniyasida SCRUM boʻyicha sertifikatga ega murabbiy va Agendashiftning hamkori. Ivaylo jarayonlarni takomillashtirish va strategik boshqaruv sohasida 15 yildan ortiq muvaffaqiyatli tajribaga ega. U banklarda (masalan, Bolgariyaning Raiffeisenbanki, Ukrainaning Milliy banki, Gruziya banki), Fintech (Likke, SmartIT) va dasturiy taʼminot ishlab chiquvchi kompaniyalar (Software AG, Nemetschek)da moslashuvchan transformatsiya, jarayonlarni takomillashtirish va biznes strategiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq treninglar, kouchinglar va baholash xizmatlarini koʻrsatib kelgan.
Manba: Axborot xizmati