Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda yangi ta’lim loyihasi yuzasidan seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
    04.03.2020

    4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “New study program in space systems and communications engineering - SPACECOM” ERASMUS+ loyihasi doirasida birinchi seminar-uchrashuvi o‘tkazildi.Mazkur tadbirda TATU rahbariyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, loyiha ishtirokchilari, hamda soha mutaxassislari ishtirok ishtirok etdilar.Tadbir davomida ishtirokchilar SPACECOM loyihasining maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘z navbatida tadbir doirasida loyihani amalga oshirishdagi jamoaviy ishlarni olib borish bo‘yicha muzokaralar tashkil qilindi.Loyihaning asosiy vazifasi - kosmik texnika va aloqa tizimlari, Sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan magistratura ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, hamda Boloniya jarayonining tavsiyalariga asosan sun’iy yo‘ldoshli aloqani qo‘llash hisoblanadi. Loyiha 2019-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
    Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar esa quyidagilar:
    • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish;
    • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida magistratura mutaxassisligi uchun yangi o‘quv dasturlarni ishlab chiqish;
    • kosmik texnika va texnologiyalar sohasida o‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
    • TATU va uning filiallaridagi professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish;
    • yangi o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish.
    Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, loyiha ishtirokchilari TATU, Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sarbonna Universiteti (Fransiya), Artesis-Plantijn University of Applied Sciences (Belgiya), Sofiya texnika universiteti (Bolgariya), EXOLAUNCh (Germaniya), Coursento (Germaniya), TATU Qarshi filiali, TATU qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zR FA huzuridagi Astronomiya institutlari hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati