26 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida YeXHT ekspertlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.Olmatov seminar avvalida O‘zbekiston-YeXHT hamkorlik aloqalari barcha sohalarda tobora rivojlanib borayotgani, xususan, axborot texnologiyalari va pochta yo‘nalishida o‘zaro manfaatli loyihalar amaliyotga tadbiq etilayotganini ta’kidladi.
Seminarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.
Manba: Axborot xizmati