MDH Parlamentlararo assambleyasi Aloqa sohasidagi mintakaviy hamjamiyat Ekspertlar kengashining 21-yig'ilishi doirasida - MDH PA Kengashi Bosh kotibi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Sankt-Peterburgda Mintaqaviy aloqa ittifoqining MDH mamlakatlari parlamentlararo assambleyasi Ekspertlar kengashining 21-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uning doirasida MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kotibiyati rahbari Dmitriy Kobitskiy bilan muzokaralar olib borildi.
Tadbirda "UNICON.UZ" DUK direktori M.Maxmudov ishtirok etdi. Yig'ilishda keng ko'lamli masalalar, shu jumladan Ekspertlar kengashi tarkibi, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi tendentsiyalari, MDH mamlakatlarida jamiyatni raqamli rivojlanishining huquqiy asoslari va raqamli identifikatsiya bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.
Manba: Axborot xizmati