Dunyodagi eng yirik maxsus dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblangan EPAM kompaniyasi Toshkentdagi Inxa universiteti bilan hamkorlikda JavaScriptdan foydalangan holda veb-ilovalarni yaratish uchun zamonaviy yondoshuvlar, texnologiyalar va vositalarga bag‘ishlangan bepul onlayn-treningi o‘tkaziladi.
Veb dasturlar, dasturiy ilovalar va IT mahsulotlar yaratishga qiziquvchan yoshlar, fuqarolar mazkur treningda ishtirok etib, dasturiy mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirishlari mumkin.
Inha universitetida o‘tkaziladigan onlayn treninglar 10 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy murakkab tenglamalar va ularni yechish borasida 12 ta amaliy mashg‘ulotlar, xorijiy mutaxassislarning master-klasslarini o‘z ichiga olgan.
O‘quv kurslari yakunida har bir ishtirokchining o‘zlashtirish ko‘satkichlari yuzasidan suhbatlar tashkil etiladi. Sohaga qiziquvchilar 15 fevralgacha onlayn tarzda https://rs.school/js/ elektron manzil orqali ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan ariza topshirishlari mumkin.
Shu o‘rinda Toshkent shahridagi Inha universitetining EPAM Systems (eng yirik global dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini ta'kidlash o‘rinli. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Epam Insider, yo‘nalishida xalqaro IT konferensilar o‘tkazish, shu orqali Inha universiteti iqtidorli talabalaridan xalqaro miqyosdagi veb dasturlar tayyorlash yo‘nalishida trenerlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Manba: Axborot xizmati