Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Maktab o‘quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqishlari ortmoqda.
    04.02.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali vakillari Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 90-son umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashib, mahorat darslari o‘tkazdilar. Uchrashuvda yoshlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. Dastlab, o‘quvchi yoshlarga axborot texnologiyalari tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, aholiga eng zamonaviy, tezkor xizmatlar taqdim etish ustida ish olib borilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi. Maktab o‘quvchilarining bu yo‘nalishdagi intilishlari, fikrlari bilan o‘rtoqlashildi. Bugungi kunga kelib “O‘zmobayl” filiali mobil aloqasidan 5 000 000 dan oshiq abonentlar foydalanayotgani ma’lum qilindi. Telekommunikatsiya tizimlari haqida bilimga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarga maxsus sovg‘alar topshirildi. Shuningdek uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir bildirgan takliflari ham o‘rganildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3- yo‘nalishi doirasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Erkin va do‘stona ruhda o‘tgan davra suhbatida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

    Manba: Axborot xizmati