Davlatimiz rahbarining yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar o‘rtasida komp'yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tumanlarda xayriya aksiyalari o‘tkazilmoqda. Xususan, vazirlik tomonidan Andijon shahridagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, komp'yuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Vazirlikning sovg‘alari - zamonaviy komp'yuter jamlanmalari , futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Andijon viloyat hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi.Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va hursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarning bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.
Manba: Axborot xizmati