Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Bo‘lajak informatiklar – intellektual musobaqa” tadbiri o‘tkazildi
    29.01.2020

    Yoshlarga bilim berishda, ular bilan samarali muloqot olib borishda zamonaviy qurol va uslublardan foydalanishi nazarda tutiladi.
    Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yoshlar bilan ishlash yangi dastur ishlab chiqilib, bir qator tadbirlar amalga oshirilyapti.
    Jumladan, Toshkentda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan Sergeli tumanidagi 269-son umumta’lim maktabi ma’muriyati bilan hamkorlikda “Bo‘lajak informatiklar – intellektual musobaqa” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov, Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunovlar qatnashdi.
    Barcha sinflardan jami 311 nafar o‘quvchi mazkur intellektual musobaqada qatnashdilar. Ishtirokchilar 4ta yo‘nalishda: “Paint-ranglar jilosi” (Paint dasturida rasm chizish), “Mohir barmoqlar”, “Microsoft Excel – aniqlik garovi” (biznes reja ishlab chiqish) va “Raqamli ta’lim” (Power Point dasturida slayd tayyorlash) baxs olib bordilar. G‘oliblar final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
    2020 yil 29 yanvar kuni 269-son umumta’lim maktabida musobaqaning final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Murosasiz kechgan final bosqichida har bir yo‘nalishdan 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan
    12 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlik va 269-son umumta’lim maktabi ma’muriyatining medal, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
    Ammo iqtidorli yoshlar erishilgan yetuk va muvaffaqiyatlarida ustozlarning o‘rni va hissasi, albatta, beqiyos. Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani va o‘quvchilarga kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim berayotgan informatika o‘qituvchilari Rajabov Asliddin, Turg‘unova Shirinxon va Ergashev Xurshidlarga Vazirlik nomidan Faxriy yorliqlar hamda maktab direktori Z.Najimxodjayevaga Tashakkurnoma topshirildi.
    Taqdirlash marosimi yakunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov o‘quvchilarni tabriklab ularga axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirishlari va kelgusida nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirib o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Shuningdek hozirda Respublikamizda “1000000 dasturchi” loyihasi amalga oshirilayotganligi ushbu loyihada barcha o‘quvchilar qatnashishi mumkinligi va keng imkoniyatlar yaratilganigini ta’kidlab o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati