Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlar bilan hamnafas bo‘lish davr talabi
    29.01.2020

     Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida va idoralar rahbarlariga yoshlar bilan ishlash yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.Yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ular bilan chambarchas aloqa o‘rnatish maqsadida 2020 yil 29 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Baxromjon Adxamovich Olmatov boshchiligida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda yoshlarga bugungi kunda berilayotgan e’tibor bilan bir qatorda Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlangan mamlakatdagi barcha yoshlar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan sharoit va qulayliklar, buning uchun mas’ul rahbarlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.Tadbirda ishtirokchilar nafaqat axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotga ega bo‘ldilar. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Eng muhimi ochiq muloqot tarzda o‘tgan suhbatda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Yoshlarga xayot yo‘llarida qoqilmaslik va kelgusida kasb tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha tushunchalar berildi. Yoshlarni qiynayotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tiz joizki, hozirgi kunda akademik litseyda 430 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Shundan 80 nafarini qizlar tashkil qiladi. Litseyda 10dan ortiq fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, aksariyat yoshlar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda bilimlarini oshirish orqali bo‘sh vaqtini o‘tkazmoqdalar.

    Manba: Axborot xizmati