Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarga sertifikatlar topshirildi
    28.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu borada Navoiy shahrida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Hususan, ushbu tashabbus doirasida 2019 yilning noyabr oyida Navoiy shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi va bugungi kunda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu o‘quv markazining Navoiy shahrida joylashgan filialida navoiylik yoshlar kompyuter savodxonligi, robototexnika, veb-dizayn asoslari, elektron tijorat singari bir qator yo‘nalishlarda saboq oldilar.

    Kuni kecha Navoiy shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 37 nafar yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati