Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uchinchi tashabbus amalda
    25.01.2020

    Davlatimiz rahbarining yoshlar ta'lim tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

             Shunday tadbirlardan biri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Mirobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabi ma’muriyati bilan hamkorlikda maktabning 6-sinfidan 9-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” tadbirining saralash bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblari aniqlandi.
    Musobaqa 3 yo‘nalishda, ya’ni 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Paint-ranglar jilosi” (Paint dasturida rasm chizish), 7 va 8-sinf qiz bolalari o‘rtasida “Mohir barmoqlar” (tez, bexato tekst terish), 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Raqamli ta’lim” sarlavhasi - Mening ko‘rkam maktabim nomi bilan (Power Point dasturida slayd tayyorlash) yo‘nalishlarida baxs olib bordilar.

    Barcha sinflardan jami 145 nafar o‘quvchi mazkur intellektual musobaqada qatnashdilar. har bir sinfdan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 3 tadan, jami 38 nafar o‘quvchilar aniqlandi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. 

    Murosasiz kechgan final bosqichida har bir yo‘nalishdan 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan 9 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va 56-umumta’lim maktabi ma’muriyati nomidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati