Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Parkga Malayziyaning kompaniyasi tashrif buyurdi.
    09.01.2020

    IT-Parkda Malayziyaning “Conservation Union Malaysia” kompaniyasi bilan O’zbekiston Respublikasida rezidentlik tamoyillari va elektron tijorat sanoatining rivojlanishi  masalalari bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Mehmonlar IT-park faoliyati bilan tanishdilar.  O’zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi, xususan, elektron tijoratning rivojlanish holati haqida batafsil axborot  berildi.

    Tashrifning yana bir muhim tomoni shundaki, tobora ko’payib borayotgan xorijiy kompaniya va tashkilotlar IT-Park rezidenti bo’lishga qiziqish bildirishgan. Malayziya Conservation Union vakillariga IT-Park rezidenti bo’lishning afzalliklari, soliq imtiyozlari va respublikadagi qonunlar haqida ma’lumot berildi.Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik to’g’risida kelishib oldilar.

    Ma’lumot uchun : Conservation Union Malaysia - Janubiy-Sharqiy Osiyoda elektron tijoratni rivojlantirish uchun maxsus elektron platformalarni ishlab chiqaradigan yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan onlayn-platformalarni sotuvchilarning obunachilari soni 10 milliondan oshadi. Kompaniya shuningdek, onlayn-banking dasturini ham ishlab chiqadi.

    Manba: Axborot xizmati