30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2019 yil yakunlari tahlili va 2020 yilgi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov kirish so‘zi bilan boshlab, 2019 yilda soha korxona va tashkilotlari tomonidan salmoqli ishlar qilingani, tizim oldiga davlat va xukumat rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifalar bajarilganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, 2019 yil davomida halol mehnati va fidoyiligi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlariga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba: Axborot xizmati