Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida AKT vazirligi ekspozitsiyalari “Eng yaxshi innovatsion stend” diplomi bilan taqdirlandi
    25.10.2019

     Joriy yilning 23-25 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKM AJ ko‘rgazmalar majmuasida xalqaro «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu ko‘rgazmada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ekspozitsiyalari “Eng yaxshi innovatsion stend” diplomi bilan taqdirlandi 

    Ko‘rgazmada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 3-pavilonda katta hajmdagi stendi bilan ishtirok etdi.  Unda “O‘zbektelekom” AK, “UNICON.UZ” DUK, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MChJlarning ekspozitsiyalari namoyish etildi.

    Ko‘rgazmada “O‘zbektelekom” AK o‘zining ishlab chiqarish korxonalari bo‘lgan - «Telecom Devices Pro» MChJ va «Telecom Innovations» MChJ QK mahsulotlarini taqdim etdi.

    Маълумот учун: «Telecom Devices Pro» MChJ 2012 yilda “Navoiy” erkin iqtisodiy hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishdan iborat. «Telecom Devices Pro» MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.

    “Navoiy” erkin iqtisodiy hududida joylashgan «Telecom Innovations» QK ADSL modemlar, DSLAM uskunalar, optik konsentratorlar, raqamli televideniye «set-top-box» priyomniklari va abonentlar hamda “O‘zbektelekom” AK ATSlari uchun boshqa operator va abonent uskunalarini ishlab chiqaradi.

    Manba: Axborot xizmati