Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Olmazordagi «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirdi
    24.10.2019

    Olmazor tumanidagi «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi» filiali dastlabki 23 nafar bitiruvchi bilan xayrlashdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunov va «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi» direktori N.Nasrullayev ularni tabriklab, sertifikatlar topshirishdi, kelgusida axborot texnologiyalari yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lishlarida omadlar tilashdi

    O‘quv markazini vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi zamonaviy stendlar bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 14 dona kompyuter jamlanmasi va axborot texnologiyalariga oid adabiyotlar bilan ta’minlangan.

    Olmazor aholisi va yoshlariga kompyuter savodxonligi, dasturlash o‘quv kurslarini o‘tish uchun TATU qoshidagi «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»dan bu yerga ikki nafar o‘qituvchi biriktirilgan.

    Olmazordagi o‘quv markazi ochilganidan beri vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari tumandagi maktablarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishyapti.

    Hozirgi kunda o‘quv markazida Olmazor tumanidagi maktablardan kelgan 90 nafardan ortiq o‘quvchilar kompyuter sirlarini o‘rganishmoqda.

    Manba: Axborot xizmati