Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IUTda "Til bor ekan, millat barhayot" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
    21.10.2019

    Toshkent shahridagi Inha universitetida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat tili to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlash to'g'risida qarorda belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, "Til bor ekan, millat barhayot" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari, xodimlari va professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori Turdimurat Tursunmuratov 21 oktyabr O'zbekistonda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanayotganini ta'kidladi. Shuningdek, o‘zbek tili xalqimizning buyuk boyligi ekani ta’kidlandi.

    Tadbir talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

    Manba: Axborot xizmati