Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
Innovatsiya

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini aktiv ilmiy va innovatsion faoliyatsiz rivojlantirish mumkin emas. Ma’lumki, aloqa-axborotlashtirish muammolarini o‘rganish, axborotni uzatish, unga ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqarish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UNICON.UZ» markazi sohaning yetakchi tashkiloti sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va telekommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, radioaloqa va elektromagnit moslashuvchanlik, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi kabi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqaradi.

Sohaning normativ bazasini rivojlantirish va mukammallashtirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar takliflari asosida har yili Standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti Aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqarish (qayta ko‘rib chiqish) rejasini tuzadi.

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida saqlanadi.

«UNICON.UZ» markazi ilmiy kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Markaz xodimlari tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborotkommunikatsiyalar: tarmoqlar, texnologiyalar, yechimlar» jurnalida va va boshqa ilmiy nashrlarda muntazam e’lon qilinadigan bir qator ilmiy maqolalar tayyorlangan.

Soha korxonalarini faol ilmiy va innovatsion faoliyatisiz rivojlantirish mumkin emas. Bu sohaning ilmiy darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Ma’lumki, axborotlashtirish muammolarini tadqiq qilish, axborotni uzatish, ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan meýoriy hujjatlar Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya sohasi me'yoriy hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasida saqlanadi.