Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
Hay’at

Hay’atning asosiy vazivalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirishning, ilmiy-texnik yutuqlaridan keng miqyosida foydalanishning, idoralararo va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha, shuningdek Vazirlikning eng muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalari hamda boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vaqtida, jamoa bo‘lib, malakali va haqqoniy ko‘rib chiqishdan hamda konstruktiv yechimlar qabul qilishdan iborat.

Hay’at o‘z qarorlari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi davlat va boshqa tashkilotlar jamoalarini sohadagi o‘zgarishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni metodologik amalga oshirishga, korxonalar faoliyatida samaradorlik va sifatning ilog‘or darajalariga erishish maqsadida bozor munosabatlarini va bu bilan bog‘liq ishlashning yangi turlari va shakllarini joriy qilishga yo‘naltiradi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining reglamenti (pdf, 113 kbayt)

Hay'at raisi:

Shermatov Sherzod Xotamovich

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Hay'at a'zolari: 

Umarov Olimjon Muxammadjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinch o'rinbosari

Maxsudov Jamol Tilloevich 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari 

Djurayev Ibrohim Djurayevich 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o'rinbosari  

Bahromjon Adxamovich Olmatov

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari

 

AKT vazirligi Hay’atining 2017-yil I yarim yilligi uchun ish rejasi

Kun tartibi

Sana

Manzil

2016-yilda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarning bajarilishi to‘g‘risida

2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tizimdagi korxona va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish haqida

17-yanvar

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi

2016-yil yakuni bo‘yicha 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvining ijrosi va 2017-yil uchun qo‘shma tadbirlar rejasi to‘g‘risida

Ta’lim va ilm-fanning ishlab chikarish bilan hamkorligini kuchaytirish, ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi va yo’l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida

Telekommunikatsiyalar bo‘yicha xalqaro reytingni ko‘tarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan keng polosali ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini joriy etish va foydalanuvchilarni ko‘paytirish holati hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida

Vazirlik tizimida OAV bilan ishlash, soha yangiliklarini tezkor yoritish va ochiqlikni ta’minlash to‘g‘risida

24-fevral

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi

Vazirlikning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarning mazkur viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini tanqidiy o‘rganish natijalarining muhokamasi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida rahbar kadrlar zaxira tarkibi tahlili: amalga oshirilgan ishlar, malaka oshirish, kelgusida belgilangan vazifalar to‘g‘risida

Soha korxona va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va veb-saytlarini rivojlantirish holati to‘g‘risida

31-mart

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi

2017-yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan Hay’atning kengaytirilgan majlisi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruq va farmoyishlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar;

2) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati;

3) eksport ko‘rsatkichi bajarilishi;

4) sohada ijro intizomi va sifat masalalari va b.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasini yaratish va ishga tushirish holati haqida

“O‘zbektelekom” AK tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini 2017 yil yoz mavsumiga sifatli tayyorlash, xodimlar farzandlarining dam olishini tashkil etish to‘g‘risida

26-aprel

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi

Pochta aloqasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Internet tarmog‘ining milliy segmenti, milliy kontent va mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2157-son hamda PQ-1741-son qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleko‘rsatuvlarga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturining ijrosi to‘g‘risida

26-may

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi

Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarning mazkur hududdagi bo‘linmalarida ijro intizomi holatini tanqidiy o‘rganish natijalarining muhokamasi

Mamlakatimizda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida

Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi “Milliy mobil aloqa operatori faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2126-son qarori ijrosi haqida

30-iyun

Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 4 - Vazirlik binosi
 
Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida namunaviy nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda 2742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)