Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Keng polosali internet
03.05.2017

Tezlik – internet tarmog‘ida eng muhim qulaylik. Internet qancha tez bo‘lsa, ishlarimiz shuncha tez bitadi. Yaqin-yaqingacha ommaviy tarzda foydalanilgan Dial-up (dayl ap) modemi yordamida internet tarmog‘iga ulanish o‘z vaqtida bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan. Shaxsiy kompyuter egalari mazkur Dial-up (dayl ap) modemi orqali uy telefonlarini global tarmoqqa ulaganlar. Uning qulayligi ham shunda bo‘lgan, ya’ni telefon tarmog‘i kirib borgan, olis hududlarda ham internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lgan va nisbatan arzon bo‘lgan. Ammo ushbu modem yordamida ulanish telefonni band qilib qo‘ygan, aloqa uzilishi kuzatilgan va internet tezligi soniyasiga 4 kb(kilobayt)ni tashkil qilgan.

2000 yillardan boshlab internet tarmog‘iga ulanishning keyingi qulay texnologiyasi ADSL ingliz tilidan mutanosib abonent liniyasi ma’nosini beradi. Ya’ni uy telefonini ADSL modem orqali internet tarmog‘iga ulash telefonimizni band qilmaydi, ham internet, ham telefondan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Bu texnologiya yordamida soniyasiga 6 mbit gacha ma’lumot olish imkoniyati tug‘ildi. Dial-up ga nisbatan qimmatroq bo‘lsa ham, odamlar sifatli internetni ma’qul ko‘rishdi. ADSL modemi soniyasiga 8 mbit (megabit) gacha ma’lumotlar qabul qila olgan. 

FTTX texnologiyasi yoki optik aloqa tarmog‘i orqali soniyasiga 100 yoki undan ortiq megabit ma’lumotni olish imkoniga egasiz. Bugun ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilayotgan keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi portlarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermagan bo‘lishimiz mumkin. Ammo unutmang, ular yordamida siz tezkor axborot uzatish, internet telekanallarni tomosha qilish, masofaviy ta’lim olish, uzoqdagi qadrdonlar bilan yoningizdagidek suhbatlashish imkoniga ega bo‘lasiz. 

FTTX (ef ti ti iks) texnologiyasi, ya’ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi. Endi nafaqat internet, balki telekanallarni ko‘rish, videotelefoniya xizmatidan foydalanishingiz mumkin. 

Yaqingacha telekommunikatsiya tarmog‘ida misli kabellardan aloqa liniyalari yaratilar, bu telekommunikatsiya tarmog‘ining asosiy infratuzilmasini tashkil etar edi. 80-yillar oxiridan boshlab raqamli uzatish qurilmalari joriy etilishi natijasida tarmoqda FTTX – ingliz tilidan fiber to the x, ya’ni muayyan joygacha optik tolali aloqa liniyasi keng joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda mamlakatimizda dearli barcha magistral, zonaichi va stansiyalararo aloqada optik tolali aloqa liniyalari qo‘llanilmoqda.

Tarkibida metall komponenti mavjud optik tolali aloqa liniyalarining asosiy ustunligi — kengpolosali, yuqori tezlikdagi trafik uzatish imkoniyati, tashqi elektromagnit ta’sirlarga kam ta’sirchanlik, yuqori sifatida.

Misol uchun, mis aloqa kabeli bir soniyada 2.5 megabit ma’lumot uzatsa, optik tolali aloqa bir soniyada bir terrabit yoki bir million megabit ma’lumotni uzatadi. Ya’ni samaradorlik 500 ming marotabaga oshadi. Optik tolali aloqa liniyalari ma’lumotni yorug‘lik tezligida yetkazadi.

Kompyuter yoki mobil aloqa vositalaringizni ushbu texnologiya asosida ishlaydigan internetga ulash maqsadida bo‘lsangiz, siz yashayotgan xonadonga optik aloqa liniyalarini olib kelgan internet provayderini aniqlang va ulanish shartlari, internet ta’riflari, tezligi va hududiy qamrovi bilan tanishib chiqing. 

Optik-tola turdagi aloqa ustunliklari:

  • Optik signallarning keng doiraliligi yuqori tezlikni ma'lumot o‘tkazish imkonini beradi. Bu optik-tola liniyasi orqali soniyasi 100 megabitgacha tezlikda axborot yetkazish mumkinligini anglatadi;
  • Tolada yorqin signal so‘nishi juda kam, bu esa signallarni regeneratsiya qilmay, 100 km va undan ortiq masofaga optik-tola liniyasini qurish imkonini beradi;
  • Mis kabel tizimlari, elektr uskunalarning (elektr yetkazib berish liniyalari, elektr dvigatel qurilmalar va hokazolar) elektrmagnit to‘siqlar va ob-havo sharoitlariga chidamliligi;
  • Ruxsatsiz foydalanishdan himoya. Optik-tola aloqa liniyalari orqali o‘tadigan axborotni buzilmaydigan kabel usuli bilan deyarli tutib bo‘lmaydi;
  • Chidamliligi — optik-tola liniyalarining xizmat qilish muddati kamida 25 yilni tashkil etadi.

Mobil aloqada keng polosali internet xizmatlari mobil aloqasining WCDMA/HSPA texnologiyalari(3.5G avlodi)da, HSPA+ (3.75G avlodi). Shuningdek 4G texnologiyasi WiMax i LTEda qo‘llanilmoqda.