Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Axborot texnologiyalari
19.03.2021
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

2019 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining asosiy ko‘rsatqichlari

Iqtisodiy raqamlarga nazar tashlanadigan bo‘lsak, o‘tgan yildagi natijalarni ijobiy deb baholasa bo‘ladi. AKT sohasida ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmi 10,6 trillion so‘mgacha yetib, 104% o‘sishini ko‘rsatdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari esa 176 million dollargacha, ya’ni 130 foizgacha o‘sdi.

Yana bir muhim ko’rsatqichlar:

• Kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi 2019 yil natijalari bo‘yicha 119 foizgacha o‘sdi va 1,078 milliard so‘mni tashkil etdi (rejada — 920 million so‘m);

• Dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,8 million dollargacha oshdi va 158 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi (rejada — 10 million dollar);

• Axborot va aloqa sohasida ish haqi o‘sish dinamikasi ham 119 foizni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mazkur sohada o‘rtacha maosh 4 million so‘mni tashkil etadi (umumrespublika bo‘yicha ish haqi — 2,3 million so‘m);

• AKT sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib boryapti: 2019 yil natijalari bo‘yicha ularning soni 269 ni tashkil etdi va 73 taga ko‘paydi.

2019 yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha Vazirlik tomonidan jami 9 ta loyiha 177,5 million dollarga teng hajmida amalga oshirilib, 102 foiz o‘sish ko‘rsatqichni ko‘rsatdi (rejada — 174,02 million dollarga teng loyihalar qiymati). Jumladan:

• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida — 97,14 million dollarga teng loyihalar (rejada — 94,5 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 103 foiz);

• Hukumat kafolati ostida xorijiy kreditlar — 53,38 million dollarga teng loyihalar (rejada — 43,56 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 123 foiz);

• Korxonalarning o‘z mablag‘lari — 26,93 million dollarga teng loyihalar (rejada — 35,96 million dollarga teng, bajarish ko‘rsatqichi — 75 foizni tashkil etdi).


2019 yilda AKT sohasida yana bir qator muhim yơnalishlar bơyicha ishlar amalga oshirildi.

Internet tarmog‘ining milliy segmenti “UZ” domenida ro‘yxatdan ơtgan veb-saytlarni tashkil  etish orqali iste'molchilarga qulay xizmatlar ko‘rsatish, yoshlarning onlayn tarzda bilim olishlari va aholiga  elektron savdo tizimlari orqali xizmatlar ko‘rsatish yơlga qo‘yildi.

Onlayn-to‘lov tizimidagi ishlar ham  yahshi ko‘rsatqichlar bilan  yakunlandi,  ya‘ni 2019 yilda onlayn-to‘lov tizimlari orqali 299,3 million tranzaktsiyalar amalga oshirildi va jami 6,5 trillion o to‘lov so‘mni tashkil  etdi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda, ushbu xizmatlardan foydalanish uchun 15,1 mln. ta ariza-buyurtma kelib tushgan, bu davlat organlari bilan o‘zaro aloqada aholining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirishga yordam berdi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali hozirgi davrda aholiga 176 ta davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha 15,1 milliona ta ariza-buyurtma bilan ish olib borildi.

Yagona idoralararo ijro intizomi tizimi bo‘yicha hozirgi vaqtda tizimga 4,4 mingdan ortiq davlat organlari va tashkilotlar, 30 mingdan ortiq foydalanuvchilar ulandi.

Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi. Bugungi kunda ushbu portal orqali 34,7 mingta murojaat kelib tushib, shulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqilgan.Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish yagona interaktiv portali faoliyati natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili jami 34,7 mingta murojaat to‘shgan bo‘lsa, ulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqildi.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (“saylov.gov.uz”) joriy qilindi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 20,5 mln. dan ortiq fuqarolardan iborat Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilib, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Hozirda Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 bosqichda Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda “Xavfsiz shahar” loyihasining yagona texnologik platformasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

AKT sohasida 2019 yilda  muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari (reanimobil) yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy  etildi.





Hozirda Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 bosqichda Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda “Xavfsiz shahar” loyihasining yagona texnologik platformasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

2020 yil axborot texnologiyalari sohasida muhim yil bo‘ldi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.

Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Shundan kelib chiqib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 32 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 5 mingtadan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning jami soni 32 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning qamrovi 98 foizga hamda yuqori tezlikdagi yo‘nalishi 90 foizga yetkazildi. Aholining keng polosali mobil xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mavjud 3 000 dan ortiq baza stansiyasi modernizatsiya qilindi.

Jizzax erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

Bugungi kunga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ishlari asosida 7 906 ta xalq ta’limi, 5 182 ta maktabgacha ta’lim

va 2 988 ta sog‘liqni salash ob’ektlari optik tolali aloqa liniyalari asosida yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati yaratildi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yil yakuniga qadar 153,7 million dollar miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 3 012 ta 2G baza stansiyalar 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi va 2 933 ga yaqin yangi baza stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi.

Qolaversa, Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s. uchun 45,0 ming so‘mni (4,3 doll.) tashkil etdi.

Mamlakatimizda AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator — “UZMOBILE” va “Ucell” 5G texnologiyasini test sinovidan o‘tkazishni boshlagani va bugungi kunda Toshkent shahrida 15 ta baza stansiya test tartibida ishlab turgani shundan dalolat beradi.

Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron shaklda amalga oshirish, ya’ni davlat o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Elektron davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik sub’eklariga taqdim etib borish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda ushbu portal orqali 218 ta elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda, jumladan 2020 yil davomida 45 ta yangi xizmat joriy etildi. Xususan, uy-joy va kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovni amalga oshirish, shifokor qabuliga elektron tarzda yozilish, fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlari va boshqa bir qator xizmatlar elektron shaklga o‘tkazildi va portal orqali ishga tushirildi. Elektron davlat xizmatlari bo‘yicha yil boshidan beri 3,1 milliondan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri sohada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishdir.

Aynan mana shu maqsadni ko‘zlab barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 416 tashkilotda bugun besh ming nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo‘lsa, 54 tasi yangi ochilgan.

Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko‘paytirish va yetarli

shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi ob’ektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.

IT-Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Dijital siti” texnoparki), Farg‘ona (IT-Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT-Park Guliston filiali) Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida foydalanishga topshirildi, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning hududiy filiallarida bugungi kunda

1000 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilarning 57 nafari fan doktori hamda 259 nafari fan nomzodi bo‘lib, shundan 2020 yilda 16 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik ishini himoya qildi. 2020 yilda TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro Skopus, Veb of Sayns ilmiy jurnallarda 103 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

TATUda 2020/2021 o‘quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida 505 nafar talaba qo‘shma fakultetning birinchi bosqichini yakunladi. 2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi.

TATU va uning filiallarida jami 1 5000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.

2020 yilda TATU va uning hududiy filiallarida umumiy qiymati

14,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 66 ta ilmiy-tadqiqot ishlari (2,4 mlrd. so‘m qiymatidagi 9 ta fundamental, 4,6 mlrd. so‘m qiymatidagi 21 ta amaliy, 4,2 mlrd. so‘m qiymatidagi 8 ta innovatsiya loyihalari va 3,5 mlrd. so‘m qiymatidagi 28 ta xo‘jalik shartnomalar) amalga oshirildi.

TATU 2019 yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida qiymati 998 ming yevro bo‘lgan 2 ta yangi loyihalarda ishtirok etishni boshladi hamda ushbu loyihalar 2019-2021 yillar davomida amalga oshirilishi belgilangan. Natijada bugungi kunda umumiy qiymati 1,7 mln. AQSh dollari bo‘lgan 9 ta “Erasmus+” dasturi doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

TATUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 7 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazadigan 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020 o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi INHA universitetida 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi INHA universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (maktab)ning yangi binosi 2019 yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ushbu bino 880 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bugungi kunda maktabda 62 nafar pedagog xodim faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 5 nafari fan nomzodi, 14 nafari oliy toifali, 17 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali hamda 20 nafari mutaxassis pedgoglardan iborat.

Maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotasi 330 nafar etib belgilangan bo‘lib, kirish imtihonlari respublikamizda birinchi marotaba onlayn shaklda ikki bosqichda o‘tkazildi.

Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning

3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 102 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.