Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT xizmatlarining sifatini nazorat qilish avtomatlashtiriladi
    06.07.2018

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq uzilishlarga qarshi kurashish tizimiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda telekommunikatsiya operatorlari, vazirlik tizimidagi mas’ul tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini nazoratga olishda tarmoqlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish masalasi ham muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarining sifatini nazorat qilishni avtomatlashtirish bo‘yicha apparat-dasturiy kompleksni, ishlanmalar yaratish va texnik talabnomalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar o‘rganildi.

    Bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, milliy tarmoqni barqaror rivojlantirishda yagona siyosatni tatbiq etish, operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini muntazam nazorat qilishdan iborat.

    Manba: Axborot xizmati