Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Orascom Telecom Holding rahbari bilan muzokara bo‘lib o‘tdi
    14.03.2018

    Bugun vazirlik rahbariyati ishtirokida Misr Arab Respublikasining Orascom Telecom Holding kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Misrlik biznesmen 14-16 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, O‘zbekiston IT-sanoatining salohiyati, yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishmoqda.

    Najib Saviris uchrashuvda O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, Orascom Telecom Holding bilan IT-infratuzilmasini rivojlantirish, xususan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

    Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirish, sarmoya kiritish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

    Yurtimiz bo‘ylab safari davomida Najib Savirisning Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrifi reja qilinmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Orascom Telecom Holding kompaniyasi jahonning qator mamlakatlarida, jumladan Buyuk Britaniya, Pokiston, Iordaniya va boshqa davlatlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Manba: Axborot xizmati