Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-markazlar tomonidan 100 dan ortiq videodarslar tayyorlandi
    11.05.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda.

    Xususan, ushbu tashabbus doirasida IT-markazlar tomonidan karantin davrida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida axborot texnologiyalari sohasida videodarslar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. IT-markazlarning sa’y - harakatlari tufayli 100 dan ortiq video darslar tayyorlandi, ularning ko‘rish soni 2000 dan oshdi!

    Yoshlar yangi ko‘nikmalarni osongina o‘rganishlari va o‘z bilimlaridan erkin almashinuvlarda foydalanishlari, masofadan turib ishlashlari va tezkorlik bilan foydalanishlari uchun maxsus videodarslar mavzusi tanlab olingan.

    So‘nggi yuklab olingan darslar orasida quyidagilar mavjud:

    1. Upwork.com frilans birjasida ishlash;
    2. Google Play dasturchilar paneli bilan ishlash ;
    3. Android ilovalarni ishlab chiqish;
    4. Adobe Illustrator bilan ishlash;
    5. Freelancer.com saytida ish;
    6. Internetda pul ishlashning 4 usuli.


    Ta’kidlash joizki, videodarslar birato‘la uchta tilda: o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tayyorlanadi.

    Yaqin kelajakda IT-markazlar tomonidan onlayn xizmatlar, elektron tijorat, Bootstrap va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha darslar taqdim etiladi.

    Videolar utube.uz va mover.uz video-xosting saytlarida joylashtirilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun bepul.

    Video darslariga havolalar:

    Utube: https://utube.uz/ru/users/7717 

    Mover: https://mover.uz/channel/it-center/ 

    Manba: Axborot xizmati