Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • MDH mintaqalari va arab davlatlari uchun AKT sohasidagi statistika boʻyicha XEIning hamkorlikdagi seminar-praktikumi
    12.02.2019

    12-14 fevral kunlari Toshkentda MDH mintaqalari va arab davlatlari uchun AKT sohasidagi statistika boʻyicha Xalqaro elektron aloqa ittifoqi (XEI)ning hamkorlikdagi seminar-praktikumi boʻlib oʻtmoqda.

    Seminar-praktikum doirasida XEIning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi statistikani toʻplash, qayta ishlash sohasi bilan bogʻliq barcha savollar spektri muhokama qilinmoqda.

    Tadbirda XEIning yetakchi mutaxassislari, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Misr, Ummon, Sudan, Jibuti, Qatar, Nigeriya, Iroq, Mavritaniya, Jazoyir va boshqa koʻplab davlatlardan vakillar ishtirok etmoqda.

    Seminar ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov tadbir ishtirokchilariga qutlov nutqi bilan soʻzga chiqdi. U, oʻz nutqida, ushbu tadbir mutaxassislarning keng qatlami uchun telekommunikatsiyalar sohasidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishlari va malaka oshirishlari uchun samarali maydon ekanini taʼkidladi.

    Eʼtirof etish joizki, iqtisodiyot, biznesning izchil rivojlanib borishi hamda mamlakatimizda ijtimoiy yangilanishlar sharoitida AKT sohasidagi statistika ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar rivojining obyektiv qonunlarga asoslanganligini, shuningdek, aniq makon va zamon sharoitida ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni aniqlash va oʻlchash imkoniyatini taqdim etadi.

    Uch kun davomida seminar-praktikum ishtirokchilari statistika maʼlumotlarini toʻplash va ularni XEIga taqdim etilishi sifatini oshirishga xizmat qiluvchi AKT rivojlanishi indeksi (IDI), indikatorlar hamda ularning hisob-kitoblari metodologiyalari borasida va boshqa koʻpgina qiziqarli, foydali maʼlumotlarga ega boʻladilar.

    XEIning ushbu seminar-praktikumi doirasida, shuningdek, joriy yilning 14 fevralida Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik (AMH) komissiyasining axborot kommunikatsiyalari iqtisodiyoti boʻyicha 39 yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati