Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir Jizzax viloyatida AKT rivoji bilan tanishdi
    02.02.2019

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi.

    Jumladan, u, Doʻstlik tumani telekommunikatsiya bogʻlamasi va pochta aloqasi boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, tumandagi Manas qishlogʻida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganligi holatini oʻrgandi. Shuningdek, Gʻallaorol tumani telekommunikatsiya bogʻlamasi va pochta aloqasi boʻlimi, Jizzax viloyati pochta filiali, Jizzax viloyati elektromagnit moslashuv xizmati, Jizzax radiotelevideniye uzatish stansiyasi, Vazirlikning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida boʻlib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini bilan qiziqdi.

    Vazir Sh. Sadikov uchrashuvlar davomida, eng avvalo, xodimlarga munosib ish sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

    Vazir, oʻz safari doirasida Vazirlik ishtirokida Jizzax erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan Optik tarmoqlarni qurish uchun passiv qurilmalar ishlab chiqarishga moʻljallangan “ZTT Telecom” MCHJ Qoʻshma korxonasi, Telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqarishga moʻljallangan “Broadband Solutions” MCHJ Qoʻshma korxonasi hamda video va IP-telefon apparatlari ishlab chiqarishga moʻljallangan “Smart Vision” MCHJ Qoʻshma korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

    Vazir hududlarda izchil ravishda oʻtkazib borilayotgan oʻrganishlardan soha korxona va tashkilotlari oʻzlariga toʻgʻri xulosa chiqarib, joylarda ijobiy oʻzgarishlar boshlanganini alohida eʼtirof etdi. Ayni paytda, tizimdagi korxona va tashkilotlar, ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan ijro intizomi nazoratini yanada sifatli va samarali tashkil qilish, soha korxona va tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmini oshirish, daromadlarni koʻpaytirish hamda ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh soha xodimlarini Vazirlikning tashakkurnomasi taqdirladi hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

    Manba: Axborot xizmati