Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida China Volant Industry korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    26.01.2019

    25 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “VOLINCO” korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim boshchiligidagi mazkur korporatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B.Olmatov xitoylik mehmonlarni qutlar ekan, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarining jadal rivojlanib borayotgani, Oʻzbekistonda biznes va ishbilarmonlik munosabatlarini yuritish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilganini qayd etib oʻtdi. Jumladan, “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish doirasida mamlakatimizning ushbu yoʻnalishda kelgusida ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

    Oʻz navbatida, “VOLINCO” korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim mazkur korporatsiyaning “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish loyihasi doirasida Oʻzbekiston tomoni bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

    Suhbat davomida Xitoy investitsiyalarini jalb etgan holda, Samarqand va Buxoro shaharlarida mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan mavjud vaziyat hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

    Tomonlar uchrashuv konstruktiv va samimiy ruhda oʻtganini taʼkidlab, ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama etishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar.

    Manba: Axborot xizmati