Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasidagi korxonalar xodimlarining tantanali yigʻilishi
    30.08.2018

    Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi arafasida Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxonalar rahbarlari va xodimlari ishtirokida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Jumladan, u mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor, zamon talabalariga javob beradigan xizmatlarni joriy etish yuqori natijalar koʻrsatayotganini taʼkidlab oʻtdi. Bu borada davlatimiz rahbarining qator farmonlari va qarorlari mamlakatimizda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoʻlida muhim dasturilamal boʻldi.

    Shuningdek, yigʻilishda, yaqin besh yil davomida mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida axborot texnologiyalari tarmogʻi ulushini kamida 4 foizga qadar oshirish va dasturiy mahsulotlar eksport qilish hajmini 10 barobar oshirish vazifasi qoʻyilgan. Bu vazifalarni amalga oshirishda oʻz mehnatlari va bilimlari bilan ishtirok etayotgan soha xodimlarining qoʻshayotgan hissasi beqiyosdir deya taʼkidlandi.

    Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq mukofotlangan bir guruh soha xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Vazir “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi oʻrinbosari Xasanov Xislat Poʻlatovichga hamda Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi sanitar-yoʻriqchisi Nematillayev Baxodir Raxmatillayevichga “Shuhrat” medalini topshirdi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrugʻi bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi uzoq yillik samarali va fidokorona mehnatlari uchun vazirlik tizimida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarga “Mohir aloqachi” unvoni, “Faxriy yorliq” va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi soha mukofotlari topshirildi.

    Soha mukofotlari bilan taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxati “Xabar” gazetasining 2018 yil 31 avgust kuni 35 sonida chop etiladi.

    Manba: Axborot xizmati