Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir EPAM Systems prezidentini qabul qildi
    26.06.2018

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev yurtimizga IT-sanoati imkoniyatlarini o'rganish uchun tashrif buyurgan EPAM Systems Direktorlar kengashi prezidenti Arkadiy Dobkin hamda kengash vakillarini qabul qildi.

    Yurtimizda dastur ishlab chiqaruvchilari uchun qulay sharoit yaratish hamda axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun «Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) Innovatsiyalar makrazi tomonidan tadbirlar amalga oshirilmoqda. EPAM Systems bilan aloqalarning mustahkamlanayotgani ham ana shu sa'y-harakatlarning bir qismidir.

    Uchrashuvda o'zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, IT-biznesni yuritish, shuningdek sohada investitsion loyihalarni joriy qilishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

    Amerikaning EPAM Systems kompaniyasi buyurtma bo'yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi va axborot texnologiyalari sohasida konsalting xizmatlarini ko'rsatuvchi jahonning nufuzli IT-kompaniyalarida biri bo'lib, unga 1993 yilda asos solingan. EPAM Systems dasturiy ta'minot ishlab chiqarish, tizimlarni markazlashtirish, raqamli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, axborot texnologiyalari ishlanmalarini uchun markaz va laboratoriyalar tashkil qiladi. Amazon, Google, IBM, Microsoft, Oracle, SAP va boshqa yirik kompaniyalar uning bosh buyurtmachilari hisoblanishadi.

    Kompaniya Belorussiya yuqori texnologiyalar parki a'zosi. Tizimida 25 962 nafar xodim xizmat qiladigan EPAM Systems kompaniyasining 2017 yildagi yillik mablag' aylanmasi $1,45 mlrd, asosiy faoliyatidan olgan daromadi $172,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Kompaniya bo'linmalari dunyoning 25 mamlakatida faoliyat olib boradi, bosh qarorgoh AQSh ning Pensilvaniya shtatidagi Nyutaun shahrida joylashgan.

    Manba: Axborot xizmati