Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • AKT vaziri KT Corporation vitse-prezidentini qabul qildi
    15.05.2018

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev bugun «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda tomonlar istiqbolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining boshqa yo‘nalishlarida ham ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.

    Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalarini, jumladan Internetga simsiz ulanish xizmatlarini joriy qilish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

    Har ikki tomon hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda loyihalarni amalga oshirishga yuqori qiziqish bildirdi.

    Aytish joizki, «Koreya Telekom» (KT Corporation) korporatsiyasiga 1981 yilda asos solingan. Bugungi kunda korporatsiyasining yillik aylanma mablag‘i 18 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. «Koreya Telekom» ayni paytda Osiyodagi yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy, shaharlararo hamda xalqaro aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya, shuningdek Koreya Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarining va ma’lumotlar almashish asosiy qismiga egalik qiladi.

    Manba: Axborot xizmati