Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Al-Xorazmiy izdoshlari" ko'rik-tanlovi ta'sis etildi
    06.03.2018

    O'zbekistonda 10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo'yicha "Al-Xorazmiy izdoshlari" nomli an'anaviy ko'rik-tanlov ta'sis qilindi. Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

    Ko'rik-tanlovning asosiy maqsadi buyuk olim va matematik Muhammad Al-Xorazmiyning ilmiy merosini targ'ib qilish, yosh avlodning aniq fanlarga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish, ularga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

    Ko'rik-tanlov aprel oyida start oladi va uch bosqichda tashkil qilinadi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar o'z maktablarida matematika, fizika hamda informatika fanlaridan onlayn usulda imtihon topshiradilar. 80 balldan yuqori ball to'plagan yoshlar tanlovning keyingi bosqichiga yo'l olishadi. Ikkinchi bosqich mintaqaviy shaklda bo'lib o'tadi va ishtirokchilar uchala fanga doir jami 9 ta topshiriqni uddalashlari kerak bo'ladi. 100 balldan 75 ball to'plaganlar so'nggi bosqichda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.

    Toshkent shahridagi Inha universitetida o'tkaziladigan so'nggi bosqichda tanlov qatnashchilari e'tiboriga matematika, fizika hamda informatika fanlariga doir 15 ta vazifa havola qilinadi. Tanlovda eng yuqori ball to'plagan olti nafar g'oliblarga «Muhammad Al-Xorazmiy izdoshlari» tanlovining diplomi hamda eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan 65 barobari miqdorigacha pul mukofoti topshiriladi.

    Manba: Axborot xizmati