Ishonch telefonlari
11-44
Batafsil
  • my2.gov.uz portalida manzil bo‘yicha ma’lumotnomalarni berish xizmati ishga tushirildi
    12.01.2018

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqinida (my2.gov.uz) Toshkent shahri bo‘yicha manzil-ma’lumotlarini berish xizmati ishga tushirildi.

    Hozirda ushbu xizmat sinov tartibida ishga tushirilgan va undan faqat Toshkent shahri aholisi – jismoniy shaxslar foydalana oladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot — Toshkent shahri IIBB manzil-so‘rov byurosi.

    Xizmatdan faqat my2.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Elektron buyurtma yuborilganidan so‘ng, 5 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

    Xizmat bepul taqdim etiladi.

    Manba: Axborot xizmati