Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik rahbarlik lavozimlariga munosib nomzodlarni izlamoqda!
    27.12.2017
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik markaziy apparatida mavjud quyidagi bo'sh o'rinlari uchun yuqori malakali mutaxassislar o'rtasida tanlov e'lon qiladi:  
    - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig'i;
    - Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i;
    - AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i;
    - Davlat xizmatlari tizimida AKT ni joriy qilish va ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo'limi boshlig'i;
    - Boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish va ularni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘limi boshlig'i.
     
    Yuqori malakali mutaxassislarga raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy paket va o‘zini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Nomzodlarga talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.
     
    Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorlar o‘zlari haqidagi ma’lumot (obyektivka)ni va amalga oshirgan loyihalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni 2018-yilning 10 yanvariga qadar quyidagi manzilga yuborishlari kerak: Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy yoki HR@mitc.uz elektron pochtasiga. Ma’lumot uchun telefonlar: 238-41-16, 238-41-43, 238-43-12.

    Manba: Axborot xizmati