Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
  • Malakali IT-mutaxassislarni ishga taklif qilamiz
    04.08.2017

    UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi:

    - veb-texnologiyalar bo‘yicha dasturchilarni;

    - ma’lumotlar bazalarining boshqaruv tizimlari administratorlari;

    - ilova serverlari administratorlarini ishga taklif qiladi.

    Nomzodlardan:

     Zamonaviy veb-texnologiyalarni dasturlash tillarida (Node.JS, JAVA 2EE, Transact-SQL, PL\SQL yoki boshqalar) ishlash, Oracle Database, DB2, MS SQL Server, PostgreSQL, MySQL ma’lumotlar bazalari boshqaruv tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi;

    Oracle Database, DB2, MS SQL Server, PostgreSQL, MySQL tizimlarining birida yoki barchasida boshqaruv ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

    Oracle WebLogic, GlassFish, WebSphere, Microsoft, Apache va boshqa ilova serverlarining birida yoki barchasida ishlash;

     Dasturlash vositalarini o‘rnatish va sozlash;

     Server va ilovalar, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari o‘rtasidagi aloqani muvofiqlashtirish;

     Internetda kasbiy ko‘nikmalarga oid bilimlarni izlash va o‘zlashtirish tajribasiga ega bo‘lish talab qilinadi.

    Nomzodga talablar:

    ∙ Yoshi: 20 – 45 yosh.

    ∙ Rus, o‘zbek (ma’qullanadi) va texnik ingliz tili (majburiy) bilishi shart.

    ∙ Katta tajribaga ega bo‘lishi ma’qullanadi. Agar sizda tajriba oz bo‘lsa-yu, biroq o‘zingizga ishonch bo‘lsa, marhamat, jamoaga qo‘shiling!

    Shartlar:

    ∙ To‘liq band bo‘lish asosida ishlash.

    ∙ Do‘stona jamoada ishlash.

    ∙ Maosh: oklad miqdori kvalifikatsiyadan kelib chiqib, 10 mln. so‘mgacha. Shuningdek, ustama, mehnatga yarasha mukofot pullari hamda ijtimoiy paket.

    ∙ Istiqbolda o‘qish va mahoratni oshirish imkoniyati.

    Manzil: Toshkent shahri (freelance bo‘lib, masofadan ham ishlash mumkin)

    Qiziqish bildirgan nomzodlar ma’lumotnomalarini s.muxamedjanova@unicon.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari mumkin.

    Ma’lumot uchun tel.: +998-71 235-93-11, Muxamedjanova Sadoqat.

    Manba: Axborot xizmati