Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston respublikasi milliy domeni 25 yilga to‘ldi!
    29.04.2020

    1995 yilda respublika Internet tarmog‘ining o‘zbek segmentidagi jarayonlarni mustaqil boshqarish va egalik qilish bo‘yicha ICANN (domen nomlari va IP – manzillarni boshqarish bo‘yicha xalqaro notijorat tashkilot)dan tasdiq oldi. Hukumat fuqarolik jamiyati kabi Internet makonda ham qonunlarga rioya qilinishi muhim ahamiyat kasb etishini belgiladi.

    Xususan, Internet tarmog‘ining o‘zbek segmentidagi jarayonlarni mustaqil boshqarish boshlangach ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

    Ayniqsa, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

    Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi. Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda, ushbu xizmatlardan foydalanish uchun 15,1 mln. tadan ortiq ariza-buyurtma kelib tushgan, bu davlat organlari bilan o‘zaro aloqada aholining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirishga yordam berdi.

    Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish va tezkor jo‘natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.

    Kompyuter dasturlash xizmatlari bilan shug‘ullanib kelayotgan xo‘jalik sub’ektlari va kichik tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarli sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Ushbu yo‘nalishda 2019 yilda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 110 dan ortiq dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi korxonalar tashkil etildi.

    Endi shu masalalarga bir nazar solsak, hozirgi kunda mamlakatimizda jami 5 ta mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda 30 dan ortiq simli tarmoqlar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar faoliyat olib bormoqda. Barcha operator va provayderlar o‘z xizmatlarini boshqa operator va provayderlar bilan hamjihatlikda, turli texnologik yechimlar asosida ko‘rsatib kelmoqda.

    Mobil aloqa tarmoqlari abonentlari soni 24 mln.ni tashkil etsa, shundan 19 mln. abonent internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Simli tarmoqlar orqali internet xizmatlaridan foydalanuvchilari soni 3 mln.tani tashkil etmoqda.

    Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 110 Gbit/s.dan 1 200 Gbit/s.gacha kengaytirildi. Telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami oshirilishiga, asosan onlayn xizmatlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

    2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi. E’tiborli jihati shundaki, bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘ra, tizimli ravishda internet xizmatlari narxlari kamaytirilib borilmoqda.

    Internet provayderlariga respublikaning turli hududlaridan tarmoqqa ulanish yagona tartibda va bir xil narxlarda tashkil etildi.

    Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilindi.

    Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 16,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.

    Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirish loyihasi doirasida operator va provayderlar tomonidan 1 mln. port montaj qilindi va keng polosali tarmoqqa ulanish portlarining umumiy soni 2 mln.dan ortdi.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 6 000 dan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.

    2019 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovi umuman mavjud bo‘lmagan aholi yashash maskanlari soni deyarli ikki barobarga kamaytirildi.

    Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha barcha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan shu yilning o‘zida 2200 dan ortiq 3G/4G baza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushiriladi.

    Shu yerda bir ma’lumot aytib o‘tish mumkin, «Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo‘yicha 2020 yil mart oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va ushbu Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi.

    Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir oyda 7 pog‘onaga, bir yil ichida esa 36 pog‘onaga ko‘tarilishi kuzatildi.

    Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda simli internet tezligi 2,5 barobarga o‘sdi – 11,62 Mbit/s.dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/s.gacha (2020 yil mart holatiga).

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 24 ta tashkilotlar domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tish xizmatini taklif qilmoqdalar. ICANN, APTLD va RIPENCC – dunyo, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi domen nomi va IP – manzillarni boshqarish bo‘yicha tashkilot a’zosi Yagona integrator UZINFOCOM domen nomlari va manzillar maydonini boshqarish bilan shug‘ullanadi. 2017 yilning kuzida o‘tkazilgan APTLD 74 konferensiyasi Toshkent va Samarqand shaharlariga 48 ta mamlakatdan ishtirokchilarni qabul qilgan. 2018 yilda Internet Governance Forum Toshkent shahrida butun dunyo bo‘ylab ishtirokchilarni to‘pladi.

    Hozirda ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 80 mingga yaqinlashmoqda. Milliy .UZ domenining 25 yilligi munosabati bilan mamlakat ravnaqi uchun internet tarmog‘ining rivojlanishi, ko‘plab foydali xizmatlar joriy qilinishi, eng yuqori tezliklar va o‘ziga xosligini saqlab qoladi.